Kompaniya to‘g‘risida

GLOBAL FOOD IMPEX

Kompaniya to‘g‘risida

«GLOBAL FOOD IMPEX» yangi uzilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi kompaniyadir. Bizning mutaxassislarimiz yig’ish, saqlash va mijozlarimizga mahsulotni yetkazib berish, butun tizim va rejalashtirilgan loyihalar faol ishlashi uchun eksportdan mahsulotni iste’molchilarning qabul qilishigacha eng yaxshi sharoitlarni yaratib berishadi. Bozor o’sishining yuqori sur’atlariga qaramay, «GLOBAL FOOD IMPEX» kompaniyasi ushbu sohadagi eng tez rivojlanayotgan kompaniya sifatida o’z mavqeini saqlab qolishda davom etmoqda.

OOO «GLOBAL FOOD IMPEX» MChJ 2018 yilda tashkil etilgan bo’lib, zamonaviy 5-avlod issiqxonalarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug’ullanadi.

Xususan, 2018 yilda kompaniyamiz dastlab Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida 3 gektar maydonda zamonaviy issiqxona o’rnatgan bo’lsa, 2020 yilda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida 10 gektar maydonda yangi loyiha amalga oshirildi.

Issiqxonalarimizda Turkiyaning yetakchi agronomlari faoliyat yuritib, gektardan 400 tonnagacha hosil olishmoqda. Joriy yilning 12 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yangi tashkil etilgan issiqxonamiz faoliyati bilan tanishdi.

«GLOBAL FOOD IMPEX» yaqinda tashkil etilganiga qaramay, kompaniyamiz mahsulotlariga talab yuqori bo’lganligi sababli, biz joriy yil ham Turkiya texnologiyalari asosida qo’shimcha 100 gektar maydonda zamonaviy 5-avlod issiqxonalarini qurish ustida ish olib bormoqdamiz.

Mavjud issiqxonalarimizda pomidor va bodring yetishtiriladi, yaratilayotgan issiqxonalarda qulupnay, gul va ko’chat yetishtirish rejalashtirilgan.

Ayni paytda mahsulotlarimiz Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston va Turkmanistonga eksport qilinmoqda.

Yaratilgan issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulotlarni nafaqat Markaziy Osiyo, balki Yevropa mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Bizning jamoa

Matkarimov Alisher Qadamboyevich
Bosh direktor

Email: ceo@globalfoodimpex.uz

Matkarimov Baxrom Qadamboyevich
Moliyaviy direktor

Email: cfo@globalfoodimpex.uz
Tel: +998 (97) -355-55-95

Xudoynazarov Xursandbek Shavkat O‘g‘li
Bosh operatsion direktor

Email: coo@globalfoodimpex.uz
Tel: +998 (97)-359-57-54

Issiqxonalarimizda sog’lom, xavfsiz va vitaminlarga boy mahsulotlar o’sishi uchun muntazam ravishda mehnat qilamiz.

Biz issiqxonalarda mukammal tozalikni ta’minlashga intilamiz, kompyuter texnologiyalari yordamida o’simliklarning o’sishi uchun ideal sharoitlarni yaratamiz, shuningdek ishlab chiqarishning har bir bosqichida mahsulot sifatini qat’iy nazorat qilamiz. Bu ishlarning barchasi bizga quyidagilarni g’urur bilan aytishga imkon beradi: biz do’kon javonlari uchun faqat yuqori sifatli, ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqaramiz.